
"Barselona" dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Lekin bu narsa bizni cho'chitmaydi. Biz o'zimizni ancha xotirjam his etmoqdamiz. "Yuventus" "Barselona" bilan o'ynashga tayyor. Men jiddiy aytyapman, biz finalga tayyormiz. Meni qo'l ostimda juda kuchli va yaxshi tarkib mavjud. Avvaliga biz "Napoli" bilan o'yin haqida o'ylaymiz, keyin esa "Barselona"ga qarshi bahs haqida o'ylaymiz. Kellini va Suarez? Bizni ikkita haqiqiy chempionlar to'qnashuvi kutmoqda.