Mashrab Odilov: "Kolumbiyada xalqimiz ishonchni oqlashga harakat qilamiz"

Tolibjon Qosimov
26 avg 2016, 17:01
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronga uchib ketdi.

Parvoz oldidan terma jamoaning yangi a'zosi Mashrab Odilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kayfiyatimiz a'lo darajada. Osiyo chempionatidan keyin mashg'ulotlarda astoydil harakat qildim va murabbiylar meni Jahon chempionatiga olib ketishga qaror qilishdi. Ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilaman. Kolumbiyadan xalqimizning ishonchini oqlab qaytamiz deb umid qilaman.

Ochig'i, yakuniy ro'yxatdan joy olishimni kutmagan edim, jamoadoshlarim bor kuchim bilan shug'ullansam o'zimni ko'rsatishga imkon bo'lishini aytishdi. Men tajribali jamoadoshlarimning maslahatlariga amal qildim va mana jamoa bilan Kolumbiyaga yo'l olayapman", - deydi Odilov.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia