Masharipov: "Sobiq sardorimiz Ronalduga bog'ichni mamnuniyat bilan topshirdi. Boshqacha bo'lishi mumkin emasdi"

Sherzod Nurmatov
8 fev 2023, 15:19
"Al Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Krishtianu Ronaldu transfyerdan so'ng darhol jamoa sardoriga aylangani haqida to'xtalib o'tdi.

"Agar futbolchilarimizdan biri Ronalduga sardorlik qilsa, biroz g'alati ko'rinardi. Bu sodir bo'lishini kutgandik.

Sobiq sardorimiz bog'ichni mamnuniyat bilan topshirdi. Hammasi joyida. Menimcha, bu eng to'rg'i echim. Boshqacha bo'lishi mumkin emasdi", – dedi Jaloliddin Masharipov.

Ronaldu "Al Nassr" safida 3 ta rasmiy o'yinda bir marta penaltidan gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Express