“Mashal” – “Surxon” uchrashuvi Qarshida bo'lib o'tadi
Mirjalol Normatov
25 iyul 2021
Coca Cola Superliga 13-turidan o'rin olgan “Mashal” - “Surxon” o'yini projektor bilan bog'liq muammo sababli Muborakda o'tkazilmaydi.
“Mashal” futbol klubi mazkur turni nominal mezbon sifatida Qarshidagi “Markaziy” stadionda o'tkazadi. Uchrashuv 30-iyul - juma kuni 20:00 da start oladi.
Tomonlarning ikkinchi davradagi o'zaro o'yiniga reja bo'yicha Termiz shahri mezbonlik qiladi.