"Mashal": Shomurodov va Shukurov yoshlar terma jamoasiga chaqiruv olishdi

Narzulla Saydullayev
18 may 2014, 11:13
Shu yilning kuzida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston (U-19) yoshlar terma jamoasi Toshkentda bir haftalik o'quv-yig'in mashg'ulotlini o'tkazadi.
22 maydan boshlab 29 mayga qadar davom etadigan yig'inga "Mashal" klubidan ikki futbolchi jalb etildi.

Hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Otabek Shukurov ushbu yig'inda ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Sergey Lushan boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatining "B" guruhida Avstraliya, BAA va Indoneziyaga qarshi kurash olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz