"Mashal": O'zbekiston kubogining nimchorak finali oldidan

Narzulla Saydullayev
22 mar 2016, 21:26
"Mashal" navbatdagi uchrashuvni O'zbekiston kubogi doirasida o'tkazadi.
Nimchorak finalga chiqqan asosiy tarkibimiz o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi. Ikki uchrashuvdan iborat bahsni dastlabkisi Muborakda bo'lib o'tadi. 25 mart kuniga belgilangan o'yin Bahrom Vafoev nomli stadionimizning asosiy maydonida bo'lib o'tadi. O'yin 16:30 da boshlanishi rejalashtirilgan. O'yinni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Shoyahmetov va Burov yordam beradi. Zaxira hakami sifatida Firdavs Norsafarov ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi sifatida Azamat Abdullaev tayinlangan.

O'zbekiston kubogi, 1/8 final
25 mart, Muborak
Mashal - So'g'diyona
hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Burov (Buxoro), F. Norsafarov (Karshi)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz