Mashal: Dinamoga qarshi javob bahsi Muborakda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2017, 17:01
Mashal jamoamiz, O'zbekiston kubogining 1/4 final javob bahsini 4 Iyul kuni Dinamo jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Mazkur bahs Muborakdagi markaziy  “Bahrom Vafoev” nomidagi o'yingohida bo'lib o'tadi. Ushbu bahsni o'tkazish uchun markaziy o'yingohda, ayni paytda barcha sharoitlar muhayyo qilib qo'yilgan. Javob bahsi boshlanish vaqti  18:45 ga belgilangan, o'ylaymizki qadrdon jamoamiz javob bahsida ham o'z muxlislarini quvontirishadi.

O'zbekiston Kubogi, 1/4 final
Javob uchrashuvi, 4 iyul
18:45.Mashal (Muborak) - Dinamo (Samarqand)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz