Martino: "Messi o'zini baxtli his qilishi uchun to'purar bo'lishi shart emas"

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2015, 12:43
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino Paragvayga qarshi Amerika Kubogi-2015 yarim final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisiga aylangan Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Messi gol ura olmayotgani borasida muammo yo'q. U o'zini baxtli inson sifatida his qilishi uchun to'purar bo'lishi shart emas. Messi gol urmaganidan xafa emas" - deydi Martino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com