Martines "Inter" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Narzulla Saydullayev
24 dek 2023, 20:46
Milanning "Inter" klubi forvardi Lautaro Martines klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.

Martines va "neradzurrilar" o'rtasidagi yangi kelishuv to'rt mavsumga, aniqrog'i 2028 yilga qadar mo'ljallangan.

Argentinalik forvardning maoshi sezilarli darajada oshadi. Muzokaralar yakunlanish bosqichida.

Eslatib o'tamiz, "Inter" yaqin vaqtlarda himoyachi Matteo Darmian bilan ham bitimni uzaytiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira