Martin Demichelis: Umid qilamanki, g'alaba qozonishda davom etamiz

Aziz Tukhtamuradov
3 mar 2014
Manchester Siti himoyachisi Martin Demichelis Liga kubogidagi Sanderlend ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bugun biz maqsadlarimizdan biriga erishdik. Buning uchun judayam hursandmiz. Ushbu g'alaba – klubda ish to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolat beradi. Umid qilamanki, g'alaba qozonishda davom etamiz.

“Sanderlend” ustidan g'alaba qozonish oson bo'lmasligini bilardik. U jamoa “Chelsi” va “MYU” ni ushbu turnirdan chiqarib yuborgan.

O'yinda ajoyib gollar kiritildi. Asosiysi esa biz g'alaba qozondik”, - deb aytib o'tdi argentinalik futbolchi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru