Marsyal safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 17:55
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal jamoaning bugungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.

"RouteOneFootball" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi mankunianliklar qarorgohiga kirib ketganidan 11 daqiqa o'tib, uyiga qaytib ketgan. Qayd etilishicha, futbolchida kasallik aniqlangan. Bu aynan qanday kasallik ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Futbolchi kecha APL doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yinda ishtirok etmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RouteOneFootball