Marsh "Leyptsig" bosh murabbiyligidan ketdi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2021, 19:09
"Leyptsig" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Jessi Marsh bilan shartnoma bekor qilinganini ma'lum qildi.

48 yoshli amerikalik bilan kelishuv ikki tomonning kelishuviga binoan bekor qilindi.

"Leyptsig" 14 turdan so'ng 18 ochko jamg'argan holda Germaniya chempionatida 11-o'rinda bormoqda.

Oldinroq "Spartak" sobiq ustozi Domeniko Tedesko "Leyptsig"ni boshqarishi mumkinligi haqida gap-so'zlar bolalagandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rbleipzig.com