Marselo "Yuventus"ga o'tmaydigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2019
Zinedin Zidanning "Real"ga qaytishi himoyachi Marseloga ta’sir ko'rsatdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik kelajak uchun rejalarini o'zgartirdi va endi Madrid klubida qolmoqchi.

Marseloning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha belgilangan. Futbolchi joriy mavsum davomida klubdan ketmoqchi ekanligini bir necha marotaba aytgan edi.

Marselo Santyago Solari davrida asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib qo'ygandi. Biroq Zidan qaytganidan so'ng braziliyalik "Yuventus"ga o'tish fikridan voz kechdi.

Fransiyalik mutaxassis jamoaga qaytganidan so'ng Marselo bilan suhbat o'tkazdi va futbolchiga ishonayotganini aytdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As