Marselo jazolanishi mumkin

Mirjalol Normatov
29 mar 2021
"Real" himoyachisi Marselo Ispaniya karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilishi mumkin.

Gap shundaki, futbolchi o'z oilasi bilan Valensiyadagi plyajda dam olayotgan rasmini instagramga joylagan. Ammo mamlakat karantin qoidalariga ko'ra, shahardan shaharga sayohatga chiqish mumkin emas. Undan tashqari, rasmda na futbolchi va uning oila a'zolari tibbiy niqob taqishmagan.

Ushbu mavsumda 32 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 10 o'yinda qatnashdi va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal