Marselo: "Anchelotti haqiqiy chempion"

Tolibjon Qosimov
3 avg 2013, 14:35
"Real" himoyachisi Marselo yangi murabbiy Karlo Anchelotti klubni katta g'alabalar sari etaklay olishiga ishonadi, deb xabar bermoqda ispan OAV.
"Biz hozircha tanishayapmiz holos. Anchelotti haqiqiy chempion, katta tajribaga ega. Menga juda yaxshi insondek tuyulmoqda. U futbolchilarga o'z bilimlarini etkaza oladi deb umid qilaman. Tarkibda yangilar ko'p, ammo bizning maqsadimiz o'zgarmaydi: barcha musobaqalarda g'olib chiqib muxlislarimizni xursand etish", - deydi Marselo. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com