"Marsel" "Real" hujumchisini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025
"Marsel" "Real" hujumchisi Endrikni ijaraga olish niyatida.

Bu haqda "Le10Sport" ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, transfer qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin. 19 yoshli braziliyalik futbolchi o'yin vaqtiga ega bo'lishni istamoqda. U 2025/26 yilgi mavsum "Real" tarkibida 1 daqiqa ham o'ynamadi.

Endrikning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt uning transfer narxini 35 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le10Sport