"Marsel" bilan Liga 1'da kumush medallarni qo'lga kiritgan Sampaoli klubdan ketdi

Оқил Абдубарноев
1 iyul 2022, 20:11
Xorxe Sampaoli ortiq "Marsel" bosh murabbiyi emas.

Tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishdi.

62 yoshli argentinalik mutaxassis rahbariyatning noaniq transfer siyosati tufayli jamoadan ketish tashabbusi bilan chiqdi. U klubdan Chempionlar ligasi uchun tajribali o'yinchilarni sotib olishni so'ragan va hozircha "Velodrom"ga faqat "Gavr"dan Isaak Ture yetib kelgan.

Sampaoli 2021-yilning fevralidan beri “Marsel”ga ustozlik qilib keladi va uning qo'l ostida jamoa barqaror natija ko'rsatib borayotgandi. 2021/22 yilgi mavsumda janubliklar Liga 1'da 2-o'rinni egalladi, Konferenciya ligasida esa yarim finalga qadar yetib bordi.

Manbalarning takidlashicha, Sampaolining ketish qarori juda tez qabul qilingan, shuning uchun "Marsel"da hali uning o'rniga nomzodlar yo'q.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: France Football