

Bu haqda Turin klubi bosh direktori Juzeppe Marotta ma'lum qildi.
"Zaza "Valensiya"ga o'tishi kerak" - deydi Marotta.
Zaza joriy mavsumni ijarada "Vest Xem" safida boshladi, ammo ingliz klubi asosiy tarkibidan joy ola bilmadi. Forvard 8 ta uchrashuvda birorta gol urgani yo'q.
Oldinroq "Valensiya" 25 yoshli Zazani 16 mln. evroga xarid qilish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishi e'lon qilingan edi.



