Marokash - JCH yarim finaliga chiqqan birinchi arab va Afrika jamoasi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2022, 22:07
Marokash terma jamoasi Qatardagi jahon chempionati chorak finalida Portugaliyani 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvdagi yagona golni Yussuf An-Nassiri mualliflik qildi.

Shunday qilib, Marokash terma jamoasi - tarixda JCH yarim finaliga chiqqan birinchi arab va Afrika jamoasiga aylandi. Jamoa bosh murabbiyi Volid Regragi esa yarim finalda ishlaydigan birinchi afrikalik mutaxassis.

Marokashning yarim finaldagi raqibi Angliya - Fransiya o'yinidan so'ng ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia