

Takidlanishicha, dizayn Jazoirdagi Mechouar saroyidan ilhomlangan tarzda yaratilgan.
Vazirlik advokatining takidlashicha, geometrik ko'k, havorang va sariq ranglarni jamlagan dizayn Marokash mozaikalarida keng tarqalgan zellige deb nomlangan naqsh hisoblanadi.
Advokat Murad Elajuti Facebook sahifasida Marokash Madaniyat vazirligi nomidan Adidasga qonuniy ogohlantirish berganini yozdi.
Kompaniyaning bosh ijrochi direktori Kasper Rorstedga yo'llagan maktubida janob Elajuti yangi dizayn "Marokash madaniy merosining bir shaklini o'zlashtirish va undan kontekstdan tashqarida foydalanishga urinish" ekanligini aytdi.



