Reshford faoliyatini "Bavariya", "Arsenal" yoki "Real"da davom ettirishi mumkin

Alisher
12 apr 2022, 16:12
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.

Myunxenliklardan tashqari futbolchiga "Real" va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli o'yinchi Ralf Rangnik qo'l ostida MYU asosiy tarkibiga doim ham kiritilmayapti. U joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: SPORT