Markos Roxo: "MYU" – fantastik jamoa"

Omonjon To`xtamirzayev
19 avg 2014, 05:55
Lissabonning "Sporting" jamoasi himoyachisi Markos Roxo "Manchester Yunayted" tarkibiga o'tayotganini tasdiqladi.

– "MYU" – fantastik jamoa va bu orzumning amalga oshishi. Men Veron ("MYU"ning sobiq futbolchisi) bilan ushubu transfer to'g'risida gaplashib ko'rdim va u menga rozi bo'lishim kerakligini aytdi.

"Sporting"ni tark etishim juda qiyin", – ta'kidladi Roxo.

Avvalroq, "MYU" "Sporting" klubiga 24-yoshli argentinalik himoyachi uchun 20 million evro va yarim himoyachi Nanini ijaraga berishi oydinlashgandi.

Bugun Roxo Manchester shahriga yo'l oladi va u yerda "MYU" bilan "4+1" ko'rinishidagi shartnomani imzolashi kutilmoqda.

"Qizil iblislar"ning Portugaliyaning "Sporting" jamoasidan navbatdagi xaridi omadli bo'larmikin, Roxo jamoa o'yiniga joziba olib kira oladimi? Bunga vaqt javob beradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru