

Qozog'iston

Qozog'iston Premer-ligasida 13-tur uchrashuv yakunlanib, quyidagi natijalar qayd etildi:
Qiziljar (Petropavlovsk) – Shaxter (Qarag'anda) – 2:0
Gollar: Shebetun, 56 (1:0); Imnadze, 90+1 (2:0)
Ordabasi (Shimkent) – Qaysar (Qizilo'rda) – 2:1
Gollar: Jaksilikov, 7 (0:1); Yaxshiboev, 53 (1:1); Darbo, 84 (2:1)
Astana (Astana) – Qayrat (Almata) – 1:3
Gollar: Kazukolovas, 28 (1:0); Joao Paulo, 29 (1:1); Sadibekov, 58 (1:2); Sergeev, 90+5 (1:3)
Elimay (Semey) – Jetisu (Taldiqo'rg'on) – 1:1
Gollar: Baltabekov, 54 (0:1); Sviridov, 64 (1:1)
Aqtobe (Aqtobe) – Tobol (Kostanay) – 3:4
Gollar: Chesnokov, 16 (0:1); El-Messaudi, 27 (0:2); Ivanovich, 45 (0:3); Kasim, 53 (penaltidan – 1:3); Romero, 59 (s penalti – 2:3); Chesnokov, 73 (2:4); Romero, 90+1 (3:4)
Turon (Turkiston) – Atirau (Atirau) – 2:1
Gollar: Cuckich, 14 (1:0); Guterez, 90+5 (2:0); Noyok, 90+11 (penaltidan – 2:1)
Shuningdek, 13–14 iyul kunlari 14-turnirng uchta o'yini o'tkazildi.
Shaxter (Qarag'anda) – Jetisu (Taldiqo'rg'on) – 0:0
Qaysar (Qizilo'rda) – Elimay (Semey) – 2:1
Gollar: Alves Dos Santos, 13 (0:1); Jaksilikov, 55 (penaltidan – 1:1); Miloyko, 90+5 (2:1)
Qayrat (Almata) – Jenis (Astana) – 1:1
Gollar: Joao Paulo, 49 (1:0); Budinskiy, 83 (1:1)
Turnir jadvalida amaldagi chempion, o'zbekistonlik futbolchilar - Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov to'p tepadigan Ordabasi peshqadamlik qilmoqda. Aqtobe va Qayrat yetakchidan uch ochko ortda qolmoqda.


To'purarlar jadvalida Qayratning ikki futbolchisi - Valeriy Gromiko va Joao Paulo hamda Ordabasi ning o'zbekistonlik vingeri Jasur Yaxshiboev 5 tadan gol urgan holda yetakchilik qilmoqda.
15-tur bahslari 27–28 iyul sanalariga belgilangan.
Tojikiston

Tojikiston chempionatida ilk davra o'yinlari ortda qoldi. 12 turdan so'ng Nikola Lazarevich qo'l ostidagi poytaxtning Istiqlol klubi yuz foizli natija ko'rsatgan holda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi KMBA (SSKA) yetakchidan ancha ortda qolib ketgan. Xo'jand esa uchinchi pog'onadan o'rin egallagan.

Qirg'iz Respublikasi

Qirg'iz Respublikasida ikkinchi davra o'yinlari o'tkazilmoqda. Turnir jadvalida Abdish-Ata hamon yetakchilik qilmoqda, jamoa atigi bitta o'yinda mag'lubiyatga uchragan. Ikki ochko ortda borayotgan Dordoy eng yaqin taqibchi hisoblanadi.
To'purarlar jadvalida 6 tadan gol urgan Neftchi futbolchisi Amiruddin Sharifi hamda Ilbirs o'yinchisi Madanov Iriskeldi yetakchilik qilmoqda.
17 va 22 iyul kunlari Qirg'iz Respublikasi kubogi yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi.
17 iyul
Talant - Muras Yunayted
Neftchi - Abdish-Ata
22 iyul
Muras Yunayted - Talant
Abdish-Ata – Neftchi

Turkmaniston

9 ta jamoa ishtirok etadigan Turkmaniston chempionatida ikkinchi davra o'yinlari nihoyasiga etdi. Mamlakatning yetakchi klubi Arkadag' hamon ochko yo'qotmagan holda peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi Altin-Asir ulardan 11 ochko ortda bormoqda.
| # | Jamoa nomi | O'yinlar soni | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
| 1 | "Arkadag'" | 16 | 16 | 0 | 0 | 78-8 | 48 |
| 2 | "Altin-Asir" | 16 | 12 | 1 | 3 | 43-17 | 37 |
| 3 | "Ahal" | 16 | 11 | 1 | 4 | 35-17 | 34 |
| 4 | "Shagadam" | 16 | 8 | 0 | 8 | 21-20 | 24 |
| 5 | "Marv " | 16 | 7 | 0 | 9 | 12-30 | 21 |
| 6 | "Ashxobod" | 16 | 5 | 1 | 10 | 14-34 | 16 |
| 7 | "Nebitchi" | 16 | 5 | 0 | 11 | 12-31 | 15 |
| 8 | "Kopetdag" | 16 | 3 | 3 | 10 | 10-31 | 12 |
| 9 | "Energetik" | 16 | 1 | 2 | 13 | 8-45 | 5 |
Uchinchi davra bahslari 16 avgust kuni start oladi.



