Mark Vilmots: "Evro-2016da uzoqroqqa borishga harakat qilamiz"

6 iyul 2014, 23:58
Belgiya terma jamoasi ustozi Mark Vilmots kelajakda yanada yuqoriroq natijalarni qayd etishlarini ta'kidlab o'tdi.

Yevropa chempionatiga tayyorgarlikni boshlash kerak. Ko'plab terma jamoamiz futbolchilari o'z klublarida o'yin amaliyotisiz qolib ketishmoqda. Biz bu narsalarni boshqa boshdan kechirmaslikka harakat qilishmiz kerak. Mundialga 5 hafta qolganida tayyorgarlikni boshlagandik va bu narsa o'yinimizga salbiy ta’sir ko'rsatdi. Bu qisqa vaqt ichida ko'p narsalarni o'zgartirishga ulgurmaysan. Bu darajadagi futbolchilar bilan Belgiyani katta kelajak kutmoqda. Yevropa chempionatida biz yanada yuqoriroq pog'onalarni ko'zlaymiz.


Manba: sports.ru