Mariano Dias ijaraga ketishni xohlamadi

Alisher
1 sen 2021, 14:23
Madridning "Real" klubi transfer oynasi yakunlanishiga bir necha soat qolganda "Rayo Valekano" bilan hujumchi Mariano Diasning ijarasi borasida kelishuvga erishishdi.

"Qaymoqranglilar" futbolchi maoshining katta qismini to'lashga tayyor edi.

Futbolchining o'zi esa La Liganing yangi ishtirokchisi safiga o'tishni xohlamadi. Forvardni ikki tomon ham, shuningdek o'zining agenti ham ko'ndirishga harakat qilgan.

28 yoshli o'yinchi Madridda qolishni va Karlo Anchelotti qo'l ostida Karim Benzema bilan asosiy tarkib uchun kurashishni afzal ko'rgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ruben_canizares