Marezga Misrga kirish taqiqlanishi mumkin. U bosh vazir qo'lini siqib qo'ymadi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2019, 15:03
"Manchester Siti" va Jazoir terma jamoasi hujumchisi Riyad Marez Afrika Kubogi bo'lib o'tgan Misr mamlakatiga kelajakda kira olmasligi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Afrika Kubogi final bahsidan so'ng o'tkazilgan taqdirlash marosimida 28 yoshli futbolchi Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli va mamlakat sport vaziri Ashraf Sobhilarning qo'lini siqib qo'ymagani uchun quyidagi sankciyaga uchrashi mumkin.


Eslatib o'tamiz, Afrika Kubogi finalida Jazoir terma jamoasi Senegalni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Awarenessng.com