Marchello Lippi: Real – Yuventus o'yinida Buffon hal qiluvchi rol o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
12 may 2015, 10:01
Yuventus sobiq ustozi Marchello Lippi Turin klubining YCHL finaliga chiqish imkoniyatlarini baholadi.
Real uchun u qadar yaxshi yil emas. Jamoa muxlislarini xursand qilish uchun so'nggi imkoniyat YCHL finaliga chiqish.

Biroq Yuventus evrokuboklardagi katta tajribaga ega. 90 ming muxlis qarshisida o'ynash og'ir, ammo Yuveda raqibga zarba beradigan qurol bor.

Chorshanba kungi bahsda Buffonning o'yini hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, bundan tashqari Vidal boshchiligidagi yarim himoyachilarga ham katta yuk tushadi.

Pogba? 70 daqiqaga bo'lsa ham eng kuchli tarkibni tushurish kerak, - deydi Lippi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru