

- “Oq-tepa” ikki yildan buyon o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'yadi. O'tgan yili klubga bu yo'lda ozgina omad yetishmay qoldi. Ushbu mavsumda oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashga harakat qilamiz. Aynan shu jihat klubda ish boshlashimga asosiy omil bo'ldi.
Jamoada qiladigan ishlarimiz ko'p. Ayniqsa, selekciya borasida ish olib borishimiz kerak. Maqsadim – kurashuvchan jamoa tuzish. Agar maqsadimga yetisha olsam, hammasi joyida bo'ladi.



