Maradonaning qo'li bilan urgan golini hisoblagan hakam vafot etdi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2017
Bolgariya futbol ittifoqi mashhur hakam Bogdan Dochev 81 yoshida vafot etganini e'lon qildi.

Dochev 1986 yilgi mundiali chorak finalida Argentina - Angliya uchrashuvida qanot hakami vazifasini bajargandi. O'sha bahsda Diego Maradona Piter Shilton darvozasiga qo'l bilan gol urgandi. O'sha o'yin bosh hakami esa tunislik Ali Ben Nossir bo'lgandi.

Argentina yakunda Meksikadagi o'sha mundialda chempion bo'lgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bfunion.bg