Maradonaga shifoxonadan javob berildi

Eldor Akmurzayev
11 noya 2020, 21:05
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona miyada qon ketishi sabab operaciya qilingandi.

“Diego hayotidagi eng qiyin lahzani engib o'tdi. Baxtimizga, u o'zini yaxshi his qilmoqda va imkon qadar tezroq tuzalishni xohlamoqda. Hozir esa u qo'llab-quvvatlash va xotirjamlikka muhtoj”, deydi Maradonaning advokati.

Eslatib o'tamiz, 60 yoshli mutaxassis jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o'tkazgan. U ayni vaqt "Ximnasiya va Esgrima" (Argentina) klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia