Manjukichning agenti: “Yuventus”? Marioni “Bavariya”da hamma narsa qoniqtiradi”

3 yanv 2014, 13:07
“Bavariya” hujumchisi Mario Manjukichning agenti Ivan Cvetkovich, mijozining “Yuventus”ga o'tish imkoniyatlari xususida to'xtalib o'tdi.

“Mario bor e'tiborini Chempionlar ligasida g'olib chiqishni rejalashtirayotgan “Bavariya”ning o'yinlariga qaratgan. Gvardiola ham Manjukichning o'yinlari haqida iliq fikrda.

Marioning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasi yana ikki yil amal qiladi. Shuning uchun o'yinchi “Yuventus”ga o'tadi deb hech ham o'ylamayman. Bundan tashqari Manjukichni “Bavariya”da hamma narsa qoniqtiradi”, - deya ta'kidladi Cvetkovich.


Manba: sports.ru