Mane YCHL titulini qaysi musobaqaning g'olibligiga almashtirmoqchiligini aytdi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2019, 23:30
Liverpul hujumchisi Sadio Mane Senegalning Afrika Millatlar Kubogi-2019 musobaqasida ko'zlgan maqsadi haqida gapirdi.

Biz qandaydir ulkan natijaga erishishimiz mumkin. Hammasi o'zimizga bo'g'liq. G'oliblikka da'vogarlar orasida ekanligimizni yashirishning xojati ham yo'q. Biroq, favorit nomining o'zi finalga chiqishga yordam bermaydi. Afrika kubogida g'olib bo'lmagan terma jamoa bilan birinchi o'ringa ega chiqishning o'zi ajoyib natija bo'ladi. Men YCHLdagi muvaffaqiyatni Senegalning Afrika Kubogidagi g'olibligiga almashgan bo'lardim. Shu bilan Dakarga qaytish juda katta voqeilik bo'lardi. Bu esa mening eng katta orzuim, – deya qayd etgan 27 yoshli futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: France Football