Mandjukich – "Arsenal" uchun zaxira variant

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2014, 15:54
Mario Mandjukich Londonning "Arsenal" klubiga ko'chib o'tishi mumkin.
"Kanonirlar" "Milan" vakili Mario Balotellini sotib olishni uddasidan chiqmasa "Bavariya" hujumchisiga e'tibor qaratiladi.

Eslatib o'tamiz, Mario Mandjukich JCH-2014dan oldin Myunxen klubidan ketayotganini ma'lum qilgandi. Daily Express nashrining xabariga ko'ra, "Arsenal" xorvatiyalik hujumchi uchun 15 million funt sterling bermoqchi.

Ayni paytda Mandjukich Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Hozircha bitta o'yinda maydonga tushgan futbolchi ikkita gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru