Manchini: "Vidich hali "Inter"ga yordam beradi, unga vaqt kerak"

Aslanov Jasurbek
27 noya 2014, 14:16
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini himoyachi Nemanya Vidich o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.

"Vidich shikastlangani uchun so'nggi ikki mashg'ulotni o'tkazib yubordi, ammo hozir u bilan hammasi joyida deb o'ylayman. Uni yaxshi bilan, biz raqib bo'lganmiz, Vidichni o'yinlarda ko'p ko'rganman. Uning tajribasi bizga yordam beradi. Nemanyani hozircha "Inter" tarkibida maydonda ko'rganim yo'q, ammo Premer-ligadan Italiyaga kelgan xar qanday futbolchi muammoga duch keladi. U asta-sekinlik bilan ko'nikishni boshlagan. Unga vaqt kerak" - deydi Manchini.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com