"Manchester Yunayted"ning 2 futbolchisi umumiy guruhga qaytdi

Sherzod Nurmatov
10 may 2024, 13:55
Markus Reshford va Lisandro Martines jarohatidan qutuldi.

"Manchester Yunayted"ning 2 futbolchisi – hujumchi Markus Reshford va himoyachi Lisandro Martines jarohatidan forig' bo'ldi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.



Xabar berishlaricha, ikkala futbolchi ham bir guruhda mashg'ulot o'tkazishgan. 26 yoshli Martines 30 martdan beri maydonga tushmagandi, uning tengdoshi Reshford esa 21 apreldan beri maydonga ko'rinmayotgandi.

Lisandro Martines joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida  11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, Markus Reshford 40 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com