"Manchester Yunayted"ga PSJ xavbeki kerak

Mirjalol Normatov
10 iyul 2022, 13:34
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

"Get French Football News" xabariga ko'ra, mankunianliklar taklifga futbolchining transfer summasi 35 million evroga tengligini javob sifatida qabul qilib olishgan. Biroq MYU futbolchi bunchalik qimmat turmasligini ma'lum qilgan. Oldinroq "Yuventus" Paredes bilan muzokaralar olib borgan va aynan transfer summasi sababli ishlar o'xshamagandi.

O'tgan mavsumda argentinalik xavbek chempionatning 15 o'yinida qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Get French Football News