"Manchester Yunayted"dagilar Konteni eng yaxshi variant sifatida ko'rmoqda

Mirjalol Normatov
26 okt 2021
"Chelsi" va "Inter" kabi jamoalarning sobiq ustozi Antonio Konte "Manchester Yunayted"da Ole-Gunnar Sulsherning o'rnini egallashi mumkin.

Manchestyerdagilar xarakterini inobatga olib, uning nomzodini maqullamayotgandi. Ammo nomzodlar orasida ayni damda faqatgina u eng yaxshisi sifatida ko'rilmoqda. Agarda Sulsher borasidagi so'nggi qarorga kelinadigan bo'lsa, MYU Kontega murojaat qiladi.

ESPN nashrining yozishicha, jamoaning ayni damdagi holatidan Konte olib chiqib keta olishini aytib o'tgan. Termalar o'yinlari vaqtida klub Sulsherni iste'foga chiqarishni reja qilmoqda. "Tottenxem" bilan o'yinga qadar jamoani boshqa murabbiy qo'lga olishi kutilmoqda.

"Yunayted" so'nggi 9 o'yinning 5tasida mag'lub bo'ldi. APLda esa 4 o'yindan buyon yuta olmayapti. Kecha jamoa "Liverpul"ga yirik hisobda yutqazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal