"Manchester Yunayted" Vegorstni ijaraga olganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2023
"Beshiktosh"da ijaraja o'ynagan "Byornli" futbolchisi ijara asosida MYUga o'tdi.

"Manchester Yunayted"ga o'tish men uchun sharaf. O'tmishda jamoaga qarshi o'ynaganman va bu o'yinlar fantastik o'tgan. Endi menda mashhur qizil libos kiyish imkoniyati bor. Men ushbu mavsumda Erik ten Hag qo'l ostidagi "Yunayted"ning muvaffaqiyatga erishganini ko'rdim va jamoaga maqsadlariga erishishda o'z hissamni qo'shishni intizorlik bilan kutaman", – dedi niderlandiyalik hujumchi.

30 yoshli Vegorst mavsumning birinchi qismini "Beshiktosh"da ijarada o'tkazdi va 18 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Turkiya klubi kelishuvni buzgani uchun 2,8 mln evro olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com