"Manchester Yunayted" transferlar uchun Mourinyuga katta mablag' ajratadi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2018, 10:50
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuga yanvardagi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag' ajratadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yilda klub narxi rekord darajada tushishiga qaramay mankunianlar yanvarda yangi futbolchilar uchun o'nlab million evro sarflashga tayyor. Mourinyuda yozda kuchaytira olmagan chiziqlarga o'yinchi sotib olish imkoniyati bo'ladi. Portugaliyalik mutaxassis "Atletiko" himoyachisi Diego Godin, "Roma" yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini va "Chelsi" futbolchisi Gari Kexillga qiziqish bildirmoqda.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror