Manchester Yunayted Sanchoga narx qo'ydi

Khoja
15 mar 2024, 16:00
Manchester Yunayted Jeydon Sanchodan qutilish uchun katta miqdorda zararga kirishga tayyor.

Qizil iblislar 3 yil avval 85 million evroga sotib olgan futbolchisini 35 millionga sotishga tayyor.

Avvalroq, MYU 23 yoshli vingerni 55-60 millionga sotishni reja qilgandi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Jeydon Sancho jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan mojarodan so'ng qizil iblislarni tark etgandi. Uning ingliz jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallagan.

Ma'lumot uchun, Sancho ayni vaqtda Borussiya D ijara asosida harakat qilmoqda. Nemis jamoasi futbolchini olib qolishga tayyor, biroq ancha kamroq summaga.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com