"Manchester Yunayted" Pogbani Evro-2020ga qadar sotmoqchi

Alisher
15 fev 2020, 13:58
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pol Pogbani sotishga tayyor va buni Evro-2020ga qadar amalga oshirmoqchi.

"Yunayted" mavsum so'nggida amalga oshiradigan transferiga pul topish maqsadida francuzni Evroga qadar sotishni xohlamoqda.

Jamoa yozda Jeydon Sancho ("Borussiya", Dortmund), Jeyms Meddison ("Lester"), Jek Grilish ("Aston Villa" va Erik Dayer ("Tottenxem")larni xarid qilmoqchi.

26 yoshli futbolchiga asosiy da'vogarlar sifatida "Real" va "Yuventus" klublari ko'rilmoqda.

Pogba joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 7ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror