

Oldinroq klub 2 mlrd funt evaziga 100 ming o'rinli stadion qurishni rejalashtirayotgani borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Qayd etilishicha, klubdagilar avvaliga "Old Trafford"ni buzmasdan yoshlar va ayollar jamoalariga bermoqchi bo'lgan.
Endi esa rejalar o'zgardi. Agarda MYU yangi stadion qursa, eskisi qayta ta'mirlanmaydi, yani, "Old Trafford" buzib tashlanadi. Klubdagilar stadion sig'imini kamaytirishning o'zi ham katta mablag' talab qilinishi va bu qiyin ishligini tushunishgan. Bu loyihaning o'ziga ham bir necha 100 million funt sarflanadi.
"Manchester Yunayted" rahbariyati stadionni buzayotganda bir qancha tarixiy elementlarini saqlab qolmoqchi.



