"Manchester Yunayted" Lingardni qanchaga sotadi?

Alisher
13 sen 2021, 15:40
Hujumkor yarim himoyachi Jessi Lingard qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

"Qizil iblislar" rahbariyati o'yinchini kelasi yozda tekinga yo'qotmaslik uchun uni sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor.

Lingardning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

MYU bosslari o'yinchi uchun 12 million funt (~14 million evro) taklif qilinsa, xavbekni sotishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal