

"Manchester Yunayted" sloveniyalik forvardga klub bilan shartnomasi yakunlanayotgan Krishtianu Ronalduga o'rinbosar sifatida qaramoqda.
19 yoshli Sheshkoning "Leyptsig"ga o'tishi ma'lum bo'lib ulgurgan, shartnoma 1 iyuldan kuchga kiradi. Benyamin joriy mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.
37 yoshli Ronaldu va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi kelishuv joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi.



