"Manchester Yunayted" Ibragimovichga qisqa muddatli shartnoma taklif qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2017, 11:44
Hujumchis Zlatan Ibragimovich "Manchester Yunayted" bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 35 yoshli futbolchi "qizil iblislar" safida davolanishni davom ettiradi. Agar oyoqqa turish muvaffaqiyatli yakunlansa, mankunianlar Ibragimovich bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashlari mumkin.

Shifokorlar Ibra yanvarda futbolga qaytishini bashorat qilishmoqda.

Zlatan Ibragimovich erkin agent sifatida o'tgan yoz "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News