"Manchester Yunayted" Bayini sotmoqchi

Alisher
16 avg 2022, 11:33
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida himoyachi Erik Bayini sotishni xohlamoqda.

Angliya klubi to'laqonli transferga umid qilmoqda, ammo ijara variantini ham ko'rib chiqishga tayyor.

28 yoshli ivuarlik futbolchi uchun "Vest Xem", "Marsel" va "Monako" da'vogarlik qilmoqda.

Bayi o'tgan mavsum MYU tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali o'yinchini 6 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic