"Manchester Yunayted" "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
14 may 2020, 10:20
"Atletiko" xavbeki Saul Niges klubini o'zgartirishga yaqin.

25 yoshli ispaniyalik futbolchiga yozgi transferlar oynasida Pogbaning "Real" yoki "Yuventus"ga ketishi sabab "Manchester Yunayted" katta qiziqish bildirgan.

Xabar qilinishicha, "Atletiko" koronavirus pandemiyasi tufayli kelib chiqqan moliyaviy inqiroz sabab Saulning narxini 150 million evrodan 75 milliongacha tushirishga rozi bo'lgan. "Manchester Yunayted" va ispaniyaliklar o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichga yetib kelgan.

Saul joriy mavsum La Liga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star