"Manchester Yunayted" "Arsenal" futbolchisiga qiziqib qoldi

Alisher
13 fev 2020, 12:07
"Manchester Yunayted" "Arsenal"ning 18 yoshli vingeri Bukayo Sakaning shartnoma borasidagi masalasini kuzatmoqda.

"To'pchilar" yosh o'yinchi bilan hamkorlikni davom ettirishmoqchi, ammo muzokaralar "Arsenal" rahbariyati xohlayotgandek tez o'tmayapti.

Qayd etish kerakki, "Manchester Yunayted" iqtidorli futbolchini APLdagi raqobatchisidan o'z tarkibiga jalb qilishga qarshi emas. Sakaga shuningdek "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, angliyalik yosh o'yinchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail