"Manchester Yunayted" argentinalik futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
17 iyul 2020, 12:23
"Manchester Yunayted" "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafikoga qiziqish bildirmoqda.

Angliya klubi chap qanot himoyani kuchaytirish uchun variantlar izlamoqda va 27 yoshli argentinalik futbolchining nomzodini o'rganmoqda.

Oldinroq, Argentina terma jamoasi futbolchisiga "Lester" va "Chelsi" klublaridan qiziqish bo'layotgani aytilgan edi.

Talyafiko joriy mavsum "Ayaks" tarkibida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sports Illustrated