"Manchester Yunayted" Jerom Boatengni sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
17 iyun 2015, 11:02
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Sky Sport Italia"ning ma'lum qilishicha, "qizil iblislar" Myunxen klubi bilan Germaniya terma jamoasining 26 yoshli o'yinchisi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Shuni qo'shimcha qilish kerakki, MYU boshqa bir himoyachi Stefan de Vrey variantini ham ko'rib chiqmoqda, "Lacio" esa de Vreyni 25 million evroga sotmadi.

Bundesliga o'tgan mavsumida Boateng 27 o'yin o'tkazgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru